09:56 / 06.08.2017
8973

Germaniya Superkubogi. «Bavariya» «Borussiya»ni yengib, rekord o‘rnatdi

Germaniya Superkubogi uchun bahsda «Bavariya» Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o‘ynadi. Dortmunddagi «Signal Iduna Park» stadionida kechgan bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi.

O‘yinning 12-daqiqasida Kristian Pulishich  Xavi Martinesdan to‘pni olib qo‘ydi va Svenom Ulrayx bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, to‘pni darvozaning quyi burchagiga joyladi. Bo‘lim davomida Robert Levandovski o‘ng qanotdan uzatilgan pasdan keyin «Borussiya» darvozasini ishg‘ol etdi.

72-daqiqada esa Per-Emerik Obameyyang katta tezlikda raqib jarima maydoniga yorib kirib, Dembele uzatgan pasni darvozabon ustidan oshirib tashladi - 2:1.

Ammo o‘yin yakunlanishi arafasida Joshua Kimmixning zarbasi «asalarilar» darvozaboni Roman Byurkiga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi 2:2.

Qo‘shimcha bo‘limlarda darvozalarga gollar kiritilmadi va penaltilar seriyasi boshlandi.

Penaltilar seriyasida «Bavariya» futbolchilari omadliroq chiqdi — 5:4.

Shu tariqa «Bavariya» oltinchi marta Germaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi va bu rekord natija hisoblanadi. «Borussiya» hisobida 5 marta g‘oliblik bor.

Germaniya Superkubogi
«Borussii» D - «Bavariya» 2:2
(1:1, 1:1, 0:0, 0:0) penaltilar bo‘yicha 4:5
Gollar: 1:0 – 12 Pulishich, 1:1 – 18 Levandovski, 2:1 – 71 Obameyang, 2:2 – 88, Byurki (avtogol).
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Zagadu (Passlak, 77), Pishchek, Bartra, Daud (Rode, 46), Shaxin, Dembele, Kastro, Pulishich (Filipp, 90), Obameyang.
Bavariya – Ulrayx, Martines (Zyule, 60), Xummels, Rafinya, Tolisso (Sanshesh, 84), Kimmix, Vidal, Rudi, Riberi, Myuller (Koman, 67), Levandovski.
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 4:5.
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (17), Zagadu (53), Levandovski (69), Vidal (74), Rode (86), Passlak (90).

Top