08:20 / 06.08.2017
7562

OAV: Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun 40 mlrd yevro to‘lashga tayyor

Foto: AP

Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin u oldidagi moliyaviy majburiyatlarini uzish uchun 40 mlrd yevro to‘lashga tayyor. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Telegraph nashri xabar bermoqda.

"Buyuk Britaniya Brexit hisobi bo‘yicha Yevropa Ittifoqiga 36 mlrd funt sterling (40 mlrd yevro) to‘lashga tayyor. Hukumatdagi yuqori lavozimli mansabdor shaxslar birinchi marta aniq raqam aytilgan bu taklif muzokaralar jarayoni kirib qolgan berk ko‘chadan chiqishning yagona yo‘li degan xulosaga keldilar", deb yozdi nashr.

Ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniya bu summani agar YeI "moliyaviy tartibga solishni bo‘lg‘usi munosabatlar, jumladan savdo haqidagi kelishuvning bir qismi sifatida muhokama qilishga" rozi bo‘lsa to‘laydi.

May oyida Britaniyaning Brexit bo‘yicha vaziri Devid Devis London YeI bilan muzokaralardan agar Bryussel 100 mlrd yevro to‘lash talabini saqlab qolsa chiqishi mumkinligini aytgandi. Yevropa Ittifoqi hukumati Buyuk Britaniya Brexit’gacha YeIga a'zoligi doirasida o‘z zimmasiga olgan moliyaviy majburiyatlarni bajarishi kerakligini talab qilmoqda. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bu qiymat 60 mlrd dan 100 mlrd yevrogachani tashkil qilishi mumkin. Bu orada Buyuk Britaniyaga "YeIdan chiqish uchun hisob" hali rasman taqdim qilinmagan. 

"Ularning pozitsiyasi 60 mlrd yevroligini, biroq haqiqiy hisob 50 mlrd ligini bilamiz. Bizning hisob esa 30 mlrd ga yaqin, biroq optimal chegara 40 mlrd yevrodir", deb aytgan manbalardan biri.

Ikkinchi manba Brexit kelishuvi bo‘yicha yakuniy summa 30-40 mlrd yevroligini tasdiqlagan. Uchinchi manbaning aytishicha, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey "33 mlrd yevrodan ko‘proq" haq to‘lash haqida o‘ylamoqda.

Mavzuga oid
Top