00:41 / 06.08.2017
36628

Ozarboyjonda kuchli portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

foto: trend.az

Ozarboyjonning Sumgayit shahridagi 8-mikrotumanda joylashgan yotoqxonada portlash sodir bo‘ldi. Bokuning Trend axborot agentligining ma'lum qilishicha, portlash oqibatida odamlar halok bo‘lgan va o‘nlab odamlar jarohat olgan.

Guvohlarning aytishicha, binoning 3-qavatida kuchli portlash ovozi eshitilgan, shundan keyin binoni yong‘in qamrab olgan. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yetib kelishgan. 

Ayni vaqtda o‘ndan ko‘proq odam tutun tufayli is gazi bilan zaharlangani ma'lum, ular shifoxonalarga yetkazilganlar. Jarohatlanganlar orasida qutqaruvchilar ham bor, ular ayni vaqtda yong‘in bilan kurashmoqdalar. Hozircha yong‘inni to‘xtatishning iloji bo‘lmayapti.

Qurbonlar borligi ma'lum qilingan, biroq ularning aniq soni ma'lum qilinmagan. Voqea sababi hozircha o‘rnatilmagan. 

Top