Krishtianu Ronaldu 5 avgust kuni «Real» bazasida mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Madrid klubi saytida ma'lum qilingan.
Ronaldu Rossiyada o‘tgan Konfederatsiyalar kubogidagi ishtirokidan keyin ta'til olgan va 5 avgustda klubga qaytgan.
32 yoshli futbolchi mashg‘ulotning birinchi yarmini jamoa bilan yakunlagan, so‘ngra individual dastur bo‘yicha ishlagan.
8 avgustda Zayniddin Zidan shogirdlari UYeFA Superkubogi uchun «Manchester Yunayted» futbolchilari bilan bahslashadi. Uchrashuv Makedoniya poytaxti Skopedagi «Makedoniyalik Filipp II milliy stadioni»da bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.