18:25 / 07.08.2017
7830

Gruziya prokuraturasi: Saakashvili 11 yilga qamalishi mumkin

Gruziya sobiq prezidenti va Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha 11 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda Gruziya bosh prokuraturasi prokurori Natiya Songulashvili «Obozrevatel» nashriga ma'lum qildi.

Saakashviliga qo‘yilgan ayblovlar orasida – bank xodimi Sandro Girgvilianining o‘ldirilishi, davlat mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlari uchun talon-toroj etish, Gruziya parlamenti deputati Valeriy Gelashvilini kaltaklash va Gruziyaning sobiq prezidentini tanqid qilgan «Imedi» telekanalini egallab olish.

Avvalroq Saakashvili Ukraina fuqaroligidan mahrum qilinishini Rossiya uchun sovg‘a, deb atagandi.

Mavzuga oid
Top