00:21 / 07.08.2017
6757

RFPL. «Zenit» amaldagi chempionni tor-mor keltirdi, TsSKA o‘z uyida Berdiyev jamoasiga yutqazdi

Rossiya premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakunlandi. Markaziy uchrashuv Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tdi.

Murabbiylar o‘rtasidagi o‘ziga xos «italyancha derbi» nomini olgan uchrashuvda «Zenit» amaldagi chempion «Spartak»ni qabul qildi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

TsSKA esa o‘z uyida Qurbon Berdiyev boshchiligidagi «Rubin»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. «Krasnodar» esa o‘z uyida «Ural»ga qarshi maydonga tushib, faqatgina so‘nggi soniyalarda penaltidan kiritilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Ushbu turdan so‘ng «Zenit» «Lokomotiv» bilan bir xil 100 foizlik natija qayd etgan holda peshqadamlik qilmoqda. TsSKA 6 ochko bilan 8-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, amaldagi chempion «Spartak» 5 ochko bilan 10-o‘ringa tushib ketgan.

Rossiya premer-ligasi, 4-tur

TsSKA – Rubin 1:2 (1:2)

Gollar: SHCHennikov (13) – Jonatas (2, 10).

TsSKA: Pomazun, Berezutskiy, Berezutskiy, Ignashevich (Natxo, 65), Fernandes, Vernblum, Golovin, SHCHennikov, Dzagoyev, Chalov (Olanare, 53), Vitino.
Rubin: Rijikov, Bauer, Granat, Kambolov, Kudryashov, Nabiullin, Tsaktash (Jyemaletdinov, 62), Mvila (Song, 80), Ozdoyev, Azmun (Karadeniz, 70), Jonatas.
Ogohlantirishlar: Granat (23), Vernblum (26), Vitino (32), Mvila (56), Rijikov (90).

Zenit – Spartak 5:1 (2:0)

Gollar: Kokorin (36), Yeroxin (45), Krishito (57), Kuzyayev (63), Rebrov (77, avtogol) – Promes (71, penalti).

Zenit: Lunyov, Ivanovich, Krishito, Smolnikov, Mammana, Shatov (Jirkov, 80), Paredes, Kuzyayev (Terentev, 76), Yeroxin, Driussi, Kokorin (Dzyuba, 87).
Spartak: Rebrov, Jikiya, Bokketti, Yeshchenko, Kombarov, Glushakov, Fernando, Popov (Ze Luish, 59), Samedov (Pashalich, 72), Promes, Luis Adriano.
Ogohlantirishlar: Jikiya (27), Glushakov (34), Paredes (40), Kombarov (45), Fernando (89), Terentev (90+2).
Chetlatishlar: Smolnikov (90+2) – Luis Adriano (90+2).

Krasnodar – Ural 1:1 (0:1)

Gollar: Grankvist (90+4, penalti) – Aroyan (15).
Krasnodar: Sinitsin, Grankvist, Martynovich, Ramires (Vanderson, 62), Petrov, Klasson, Joaozino, Kabore, Mamayev (Suleymanov, 77), Podberezkin (Pereyra, 46), Gazinskiy.

Ural: Godzyur, Balajits, Aroyan, Merkulov, Kulakov, Fidler, Yemelyanov (Bavin, 78), Grigorev (Lungu, 57), Dimitrov, Bikfalvi (Chanturiya, 86), Ilin.
Ogohlantirish: Fidler (12).

Mavzuga oid
Top