13:02 / 07.08.2017
5279

Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashining yangi sanksiyalarini qoralab chiqdi

Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashining yangi sanksiyalarini qoraladi va AQShga nisbatan javob choralarini qo‘llashga va'da berdi. Bu Vashington Pxenyanga nisbatan o‘zining dushmanlik kayfiyatidagi siyosatini davom ettirsa, ro‘y beradi, deya xabar berdi «Ryonxap» Shimoliy Koreya hukumati bayonotiga asosan.

Bayonotda ta'kidlanishicha, KXDR agarda Qo‘shma Shtatlar Pxenyanni bosib qo‘yish bo‘yicha qadamlardan voz kechmaydigan bo‘lsa, keskin choralarni qo‘llashga tayyordir.

Avvalroq Xitoy KXDRni BMT rezolyutsiyasiga amal qilishga chaqirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytiruvchi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi.

Top