19:12 / 08.08.2017
18477

Ayol chivin chaqishidan so‘ng komaga tushdi va har ikki oyog‘i hamda bir qo‘lidan ayrildi

Foto: Akyüz

Germaniyaning Kyoln shahrida istiqomat qiluvchi Sone Kuyas ismli ayolning chap qo‘li va har ikki oyog‘i chivin chaqishi tufayli kesib tashlandi, deb xabar bermoqda Kolner Express.

Kuyasning aytishicha, hasharotning chaqishidan so‘ng o‘zini yomon his eta boshlagan.

«Men darrov shish paydo bo‘lganini sezdim. Shundan so‘ng qaltiroq boshlandi, boshim aylandi va tanam zirqirab og‘rishni boshladi. Mening hamkasbim «tez yordam» chaqirdi», - deya aytib o‘tdi ayol.

Tahlillardan so‘ng ayolga uyga ketishga javob berishdi, biroq uning ahvoli yomonlashishda davom etgan. Turmush o‘rtog‘i uni shifoxonaga, intensiv terapiya bo‘limiga olib keldi. U yerda Kuyas komaga tushgan va bir haftadan so‘ng o‘ziga kelgan. Bu vaqtda esa uning chap qo‘li va har ikki oyog‘i qorayib ketgandi. Ular kesib tashlandi. Nashrning ta'kidlashicha, chivin, aftidan, streptokokk qo‘zg‘atadigan infeksiyani olib yurgan, hamda chaqishdan so‘ng ayolning qoni zaharlangan.

Avvalroq chivin parvozi sekinlashtirib namoyish qilingandi.

Mavzuga oid
Top