17:37 / 08.08.2017
12315

AQSh PYD terrorchilarini qurollantirishda davom etmoqda

Foto: Anadolu

Amerika Qo‘shma Shtatlari IShID jangarilariga qarshi kurash bahonasida PKK - PYD terrorchi harakatining Suriyadagi qanoti jangarilarini qurollantirishda davom etmoqda. 

Anadolu agentligining xabar qilishicha, Pentagon PYD guruhiga qurol-yarog‘lar va o‘q-dorilar to‘ldirilgan yana 112 ta yuk mashinasini yuborgan. 

Yuk mashinalari o‘tgan tunda Iroq va Suriya chegarasini kesib o‘tib, Raqqa viloyatining shimoli tomon harakatlanmoqda, deydi agentlikning Xasake viloyatidagi muxbiri. 

Yuk mashinalarini zirxlangan «Hammerlar», benzovozlar va Amerika armiyasining boshqa zirxli mashinalari kuzatib bormoqda. 

So‘nggi vaqtlarda Amerika qurollari ortilgan yuk mashinalari Suriya bo‘ylab asosan tungi vaqtlarda brezent bilan qoplangan holda ko‘chmoqda.

Pentagon ma'muriyati ma'lumotlariga binoan, AQSh Suriyadagi PYD guruhlariga 12 ming dona Kalashnikov avtomatlari, 6 ming miltiq va 3500 ta pulemyot, 3 ming RPG-7 granatomyoti, ming dona Amerikada ishlabchiqilgan AT-4 yoki Rossiyada ishlab chiqilgan SPG-9 qurollarini yetazib berishni rejalashtirgan. 

Bundan tashqari, turli kalibrdagi 235 ta minomyot, 100 ta merganlar miltig‘i, 450 dona PV-7 tungi ko‘rish durbinlarini yetkazib beradi.

Top