10:26 / 08.08.2017
10697

Yaponiya KXDRning atom dasturida taraqqiy etganini tan oldi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya o‘z atom dasturini rivojlantirishda taraqqiyotga erishdi. Uning 5 ta yadro sinovlari natijasidan kelib chiqqan holda shunday xulosa qilish mumkin. Yaponiyaning mudofaa bo‘yicha 2017 yilgi "Oq kitobi"da shu haqda so‘z boradi. 

"Yadro qurolining beshta sinovini hisobga olib, xulosa qilish mumkinki, KXDR yadro dasturi sezilarli taraqqiyotga erishdi", — deyiladi hujjatda. Shimoliy Koreya, tahlil mualliflariga ko‘ra, o‘z raketalariga o‘rnatish uchun kichik o‘lchamdagi jangovar yadro kallaklarini ishlab chiqishga erishgan bo‘lishi ham mumkin. 

Yaponiya mudofaa vazirligi o‘tgan yilgi "Oq kitob"dan farqli ravishda bu safar yadro dasturi rivojini taxmin emas, amalga oshgan dalil sifatida qayd etgan. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya mavzusi uch sahifa ko‘proq yoritilgan. 

Yaponiya hukumatiga ko‘ra, KXDRning navbatdagi raketa sinovlari ballistik raketalar parvoz masofasini uzaytirish, ularning aniqligi va boshqaruvchanligini oshirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, turli uchirish qurilmalari, xususan, o‘ziyurar va suvosti kemalari hamda turli uchish trayektoriyalariga qaratiladi.

Top