11:04 / 08.08.2017
7796

Yaponiya raketalarga qarshi SM-3 va PAC-3 qurollarini tezroq olish niyatida

Foto: AP

Yaponiya raketalarga qarshi SM-3 Block IIA va modernizatsiyalashgan PAC-3 (MSE) qurollarini tezroq xarid qilish niyatida. Ular mamlakatni ballistik raketa tahdididan muhofaza qiladi, deyiladi Tokioda e'lon qilingan 2017 yilgi mudofaa  bo‘yicha "Oq kitob"da. 

"SM-3 Block IIA raketalarini xarid qilish va joylashtirish 2021 yilga mo‘ljallangan", — deya qayd etilgan "kitobda".

Bu raketalar Yaponiya va AQSh hamkorligida 2006 yildan beri ishlab chiqilmoqda. Ular "Ijis" (Aegis) vaqtliroq aniqlash tizimli kemalarga o‘rnatiladi. Mazkur raketalarni jangovar joylashtirish 2018 yil boshiga mo‘ljallangan edi. Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib Yaponiyaning "Ijis" tizimli kemalari 4 tadan 8 taga oshadi. 

PAC-3 MSE raketalari esa Patriot zenit-raketa komplekslari uchun ishlab chiqariladi. Ularni qo‘shimcha xarid qilish uchun 2016 yil byudjyetidapul ham ajratilgan edi. Ayni vaqtda Yaponiya qurolli kuchlari jangovar safida turgan PAC-3 raketalari 15-20 km ta'sir radiusiga ega. Modernizatsiya qilingan raketalar bu masofani 2 karra uzaytirish imkonini beradi.

Top