17:17 / 08.08.2017
9262

«Barselona» delegatsiyasi Koutino transferini yakunlash uchun Angliyaga keldi

«Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino yaqin vaqtlar ichida «Barselona» a'zosiga aylanadi.

Sport.es xabariga ko‘ra, ayni vaqtda kataloniyaliklar vakillari - klub bosh direktori Oskar Grau boshchiligidagi delegatsiya ushbu futbolchi transferi bo‘yicha ishlarni yakunlash uchun Angliyada bo‘lib turishibdi.

Transfer qiymati — 90 million yevro va bonuslardan iborat (jami 130 million yevro). «Barsa» shu haftadayoq Koutinoni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirishni istamoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda, 25 yoshli xavbek katalonlar klubiga o‘tishga rozi bo‘lgani va endi klub rahbariyati roziligini olish talab etilishi haqida aytilgandi.

Top