18:07 / 08.08.2017
8540

IShID terrorchilari yana Dayr az-Zor shahriga hujum qildi

IShID terrorchilik guruhi jangarilari Suriyaning Dayr az-Zor shahriga hujum qilishdi. Tinch aholi vakillari ham ularning hujumiga uchragan.

Bu haqda SANA xabar bermoqda.

Minomyotlardan o‘qqa tutish natijasida bir kishi halok bo‘lgan, uch inson turli darajada jarohat oldi.

Shuningdek ta'kidlanishicha, infratuzilma va xususiy mulkka jiddiy zarar yetgan.

5 avgust kuni Suriya hukumat qo‘shinlari respublika harbiy-havo kuchlarining qo‘llab-quvvatlovi yordamida IShID terrorchilik guruhining Dayr az-Zor shahriga hujumini qaytargandi.

Mavzuga oid
Top