10:07 / 08.08.2017
15640

Lavrov KXDR bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Moskva KXDR bo‘yicha siyosiy jarayonning tiklanishiga muqobil variant yo‘q, deb hisoblaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Fikrimizcha, siyosiy jarayonni tiklash, xususan, olti tomonlama muzokaralar bo‘yicha muqobil variant yo‘q. Rossiya va Xitoy kerakli takliflarni kiritdi. Biz ularni Nyu-York hamda boshqa maydonchalarda ilgari suramiz», - dedi Lavrov.

Shu bilan birga, vazirning ta'kidlashicha, Rossiya shimoliy koreyalik qo‘shnilar bilan muloqotni davom ettiradi.

Avvalroq Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashining yangi sanksiyalarini qoralab chiqqandi.

Mavzuga oid
Top