19:35 / 08.08.2017
4804

Makron diplomatik ekspantsiyasini boshlash arafasida

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mintaqaning yetakchi mamlakat rahbarlaridan uch nafari bilan mudofaa, iqtisodiyot va muhojirlar masalasi bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida uchrashadi. Bu uchrashuv o‘z o‘rnida Fransiya prezidentiga mamlakat qo‘shni mamlakatlari bilan o‘zaro diplomatiyasini tartibga solishda yordam beradi.

Shunday qilib, 28 avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvga Germaniya kansleri Angela Merkel, Ispaniyadan Mariano Rahoy va Italiya rahbari Paolo Jyentiloni kelishi ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, Makron shu oyning so‘nggi kunida Niderlandiya bosh vaziri Mark Rute bilan ham uchrashadi.

Frantsuzlar yetakchisi 23-25 avgust kunlarida Avstriya, Bolgariya va Ruminiya davlatlariga rasmiy tashrif bilan borishi rejalashtirilgan.

May oyida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgan 39 yoshli Emmanuel Makronning so‘nggi paytda xalq orasida nufuzi tushib borayotgan edi. Bunga mehnat kuchi borasida qilinayotgan islohotlar, boshqaruv etikasidagi yangilik va rafiqasining «birinchi xonim» maqomini olishi kabi masalalar sabab bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top