Gruziya parlamentining sobiq raisi Nino Burjanadze RT’ga bergan intervyusida 2008 yilning 8 avgustida Janubiy Osetiyada yuz bergan hodisalar haqida aytib o‘tdi.

«Saakashvili urushni boshlagan (2008-2013 yilda Gruziya prezidenti bo‘lgan – tah.). Bu fojiali hodisalar uchun mas'uliyat aynan uning zimmasida. Barcha OAV vakillari meni Gruziyaning dushmani sifatida ma'lum qilishgan. Hamda hozirga qadar – bu YeI komissiyasining surishtiruvi, shveysariyalik diplomat Haydi Talyavinining (2008 yilgi mojaro sabablarini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha xalqaro komissiya rahbari bo‘lgan – tah.) bayonoti va aslida nima ro‘y berganini hamma allaqachon tushunib yetganiga qaramay yuz berdi. Gruziyada urushni Saakashvili boshlaganini aytish biroz noqulay. Hech kim bunga e'tibor qaratishni va bu mavzuda gaplashishni istamaydi», - deya ma'lum qildi Burjanadze.

Janubiy Osetiyadagi ixtilof gruziyalik qo‘shinlar respublika hududiga 2008 yilning 8 avgust kuni kirib, poytaxt Tsxinvalni o‘qqa tutishganidan so‘ng boshlangan. Besh kunlik jangovar harakatlardan keyin gruziyalik harbiylar respublikadan chiqarib tashlangan.