17:30 / 08.08.2017
6945

Olimlar saratonni oltin nanozarralari yordamida davolashni taklif qilmoqda

Buyuk britaniyalik olimlar onkologik kasalliklarni oltin nanozarralari yordamida davolash taklifi bilan chiqishdi, deb xabar bermoqda Kp.ru.

Olimlarning fikricha, kimyo terapiyasi vaqtida oltin moddasi molekulalari davolovchi komponentlarni saraton hujayralariga yo‘llashi mumkin. Bundan tashqari, ular dori-darmonlar orqali davolash effektini beradi.

«Umuman olganda, biz oltinning yangi xususiyatlarini ochdik, kishilar ular haqida avval bilmagan. Bizning tajriba esa, oltinni kimyo terapiyasida qo‘llash mumkin ekanini ko‘rsatdi. Bunda uni o‘simtaning qoq «yuragiga» yuborish lozim», - deya ma'lum qildi tadqiqot rahbari Asir Unchiti-Brocheta.

Avvalroq Peterburgda pensioner ayoldan 42 kilogramm keluvchi o‘simta olib tashlangani xabar berilgandi.

 

Top