15:10 / 08.08.2017
10390

Reyting: Muhojirlar yashashi uchun eng qulay mamlakatlar

Shvetsiya muhojirlar yashashi uchun eng qulay mamlakat deya tan olindi. U.S. News & World Report tomonidan har yili o‘tkaziluvchi tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda. Bu haqida tashkilot saytida ma'lum qilindi.

Reytingning ikkkinchi va uchinchi o‘rinlaridan Kanada hamda Shveytsariya mamlakatlari o‘rin oldi. Manbaga ko‘ra, reyting turli mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat, shuningdek muhojirlar integratsiyasi imkoniyatlarining jozibadorligiga baho bergan 21 ming respondentni so‘roq qilish asnosida tuzilgan.

"Skandinaviya mamlakatlari — Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya va Daniya ilk o‘n o‘rindan to‘rttasini band qilgan, bu asosan ularning iqtisodiyoti va daromadlar tengligi siyosati bilan shartlanadi", - deyiladi maqolada.

Ilk o‘ntalikka shuningdek Avstraliya, Germaniya, AQSh va Niderlandiya mamlakatlari kiritildi.

Mavzuga oid
Top