23:58 / 08.08.2017
12695

Tencent kompaniyasi rahbari Osiyoning eng boy odamiga aylandi

Foto: AFP 2017 / Philippe Lopez

Elektron tijorat giganti Alibaba asoschisi Jyek Ma Forbes jurnali bo‘yicha Osiyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatidagi yetakchilikni Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi rahbari Ma Xuatenga boy berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Xuaten ilk bor bu ro‘yxatga boshchilik qilmoqda, uning boyligi ayni vaqtda 37 mlrd dollarga baholangan. Kechagina eng yuqori pog‘onani 36,4 mlrd dollar bilan Jyek Ma egallab turgandi, biroq Tencent aksiyalarining Hongkong birjasida qimmatlashishi natijasida Xuaten boyligi 36,2 mlrd dan 37 mlrd gacha ko‘paygan.  

Xitoyning Tencent kompaniyasi WeChat messenjeri va bir qator ommaviy onlayn-o‘yinlar yaratuvchisi hisoblanadi.

Top