15:40 / 08.08.2017
24366

Trampning mehmonxonasi old qismida Putinning tasviri paydo bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi Trump SoHo mehmonxonasi old qismida 8 avgust, seshanbaga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tasviri paydo bo‘ldi. CAP Action rahbari o‘rinbosari Igor Volskiy tvitterdagi sahifasida tegishli fotosuratlarni joyladi. Shuningdek, bu fotosuratlarda rus bayrog‘i bilan turgan kishilarni ham ko‘rish mumkin. Ular mehmonxona oldida bo‘lishgan.

Kadrlarda ingliz tilidagi «Happy to help, bro» («Yordam berishdan xursandman»), «Follow the money» («Pulning ketidan quv»), «Laundering services available» («Pullarni yuvish bo‘yicha xizmatlar bor») yozuvlari, shuningdek rus tilidagi «Kuchli bo‘l» so‘zlari bor.

Amerikalik jurnalist Robin Bellning ma'lum qilishicha, bu aksiyani u tashkil qilgan.

 

Top