09:04 / 09.08.2017
5604

Niderlandiya qirolichasining otasi vafot etdi

Argentinada Niderlandiya qirolichasi Maksimaning otasi Xorxe Sorregeta 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

Ta'kidlanishicha, Sorregeta uzoq vaqt saraton kasalligi bilan kurash olib borgan.

Telekanalga ushbu ma'lumotni Maksimaning otasi davolangan klinika direktori Migel Pavlovski tasdiqladi. Uning xabariga ko‘ra, Sorregeta Limfoma fonida rivojlangan o‘pka infeksiyasi tufayli vafot etgan.

Maksima o‘tgan dam olish kunlari Argentinaga otasining ahvoli yomonlashgani sabab kelgandi.

Mavzuga oid
Top