OAV: 60dan ortiq ayol Google’ni sudga bermoqchi
Google’ning sobiq va hozirgi xodimlari bo‘lgan 60dan ortiq ayol kompaniyani sudga bermoqchi. Ular Google'ni jinsga ajratish asosida ish haqini notenglik bilan to‘lashda ayblashmoqda. Bu haqda The Guardian sudga ariza tayyorlayotgan huquqshunos Jyeyms Finbergga asosan xabar berdi.
«Ular, ayollar xuddi shunday ta'lim va tajriba darajasiga ega bo‘lgan erkaklarga qaraganda kamroq haq to‘lanadigan ishga qo‘yilayotganidan tashvishda», - deya Finbergning so‘zlarini keltiradi gazeta.
Advokatning xabar berishicha, ayol xodimlar unga pastroq lavozimda bo‘lgan erkak xodim ayol-rahbardan ko‘proq ishlab topishi bilan bog‘liq holatlar haqida aytib berishgan.
Nashr ayolning so‘zlarini keltiradi. Uning iddao etishicha, yillik ish haqi shu lavozimdagi erkak hamkasbidan 40 ming dollarga kamroqni tashkil etadi. Yana bir ayol xodimning ma'lum qilishicha, jins bo‘yicha ajratish tufayli 12 ayol ishdan bo‘shatilganini shaxsan biladi.
Google vakilining ta'kidlashicha, ish haqi miqdori haqidagi qaror qator mezonlar asosida qabul qilinadi, bunda jins hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
«60 kishi – bu misol keltirish uchun juda kam son. Har doim ish haqida farqlar bo‘ladi. Bu jins bilan emas, balki kompaniya ofisi qayerda joylashgani, xodimning o‘rni va muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq», - deya uning so‘zlarini keltiradi The Guardian.
Avvalroq Google ayollar IT sohada muvaffaqiyatga erisha olmasligini aytgan xodimni ishdan haydagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:07 / 27.11.2024
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
20:53 / 21.11.2024
Google o‘zining Gemini chatbotiga foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini eslab qolish funksiyasini qo‘shdi
11:25 / 21.11.2024