1 avgust kuni Özbekistondagi barça OTMlarda test imtihonlari bölib ötdi. Davlat test markazi bergan ma'lumotga köra, 1 avgust kuni 59 oliy ta'lim muassasalari va ularning 12 ta filialida qabul test sinovlari ötkazildi.

Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga 729 947 (2016 yilda – 663 304) nafar abituriyent hujjat topşirgan, şulardan 7 725 (2016 yilda – 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir.

Xushnudbek.uz sayti test imtihonlarida neça ball olganidan qat'i nazar har qanday holatda ham davlat granti asosida qabul qilinişi aniq bölgan abituriyentlar haqida ma'lumot berdi.

Ular fan olimpiadalari ğoliblari yoki “zulfiyaçilar” emas. Gap kvotalar soni böyiça konkursda.

DTM bergan ma'lumotga köra, joriy yilda örtaça tanlov 1 öringa 11,0 (2016 yilda – 11,05) tani taşkil etdi. Lekin şunday ayrim OTMlar borki, ulardagi tanlov birga bir bölgan. Ya'ni neçta kvota ajratilgan bölsa, şunça abituriyent hujjat topşirgan. 

Joriy yilda nafaqat tibbiyot yönalişlari, balki qişloq xöjaligi sohasida ham maqsadli qabul joriy etilgan. Ammo bu haqida deyarli heç qayerda aytilmadi, heç qayerda e'lon qilinmadi. Natijada köpçilik bundan bexabar qoldi. Aholidagi uşbu bexabarlik tölqini topşirilgan hujjatlar soniga öz ta'sirini ötkazmay qolmadi.

Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining “Qişloq xöjaligi va meliorativ texnikalarning texnik servisi” yönalişi böyiça Xorazm va Farğona viloyatlari uçun 1 tadan davlat grantida örin ajratilgan bölib, şu yönalişga Xorazmdan 1 nafar, Farğonadan 1 nafar abituriyent hujjat topşirgan. Bu degani uşbu ikkala abituriyent testda neça ball olişidan qat'i nazar davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi. Çunki ularning boşqa raqobatçisi yöq. Xuddi şunday holat Irrigatsiya institutining yana 8 ta yönalişlarida ham uçraydi.

Ta'lim rus tilida olib boriladigan 10 ta yönalişlarda ham şunday holat uçraydi. 

Bundaylar Samarqand qişloq xöjaligi institutining “Zootexnika (Andijon)” va “Kasb ta'limi: qişloq xöjaligida menejment (Farğona)” yönalişlarida ham bor.

Toşkent davlat agrar universitetining “Agrokimyo va agrotuproqşunoslik” yönalişida Andijon viloyati uçun davlat granti asosida ajratilgan 1 ta öringa ham atigi 1 nafar öta omadli abituriyent hujjat topşirgan.