00:19 / 10.08.2017
4388

AQSh Ugo Chavesning ukasi va yana ko‘plab venesuelaliklarga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh moliya vazirligi Venesuelaga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Yangi sanksiyalar Venesuelaning 43 ta yuridik va 30 nafar jismoniy shaxsini qamrab olgan. Sanktsiyalarga tushganlar orasida Venesuelaning sobiq prezidenti, marhum Ugo Chavesning ukasi, mamlakat ta'sis yig‘inidagi prezident komissiyasi kotibi Adan Chaves ham bor.
 
Bu shaxslarga AQShga kirish hamda u yerda hisob raqamlarga ega bo‘lish taqiqlanadi.

Top