07:11 / 10.08.2017
4923

Yevrokomissiya rahbari va uning jamoasi Bryusseldan Rimga 27 ming yevroga parvoz qilgan

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker va unga hamrohlik qilgan delegatsiyadan 9 kishi fevral oyida Bryusseldan Rimga xususiy samolyotda 27 ming yevroga parvoz qilganlar. Bu haqda Yevrokomissiya ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Sky News telekanali xabar bermoqda.

Ma'lumotlar ochiqligi uchun kurashuvchi Access Info huquqni himoya qilish tashkiloti chop etgan hujjatlarga ko‘ra, YeK vakillari 25-26 fevral kuni ikki soatlik parvozga 26 ming 351 yevro sarflashgan. Rimda YeI raisi va uning jamoasi o‘shanda Italiya bosh vaziri lavozimini egallagan Matteo Rentsi, mamlakat prezidenti va parlament spikerlari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Bryussel ma'lumotlariga ko‘ra, bu xarajatlar YeK qoidalariga muvofiq kelgan, unga ko‘ra komissiya a'zolariga mos tijorat reyslar bo‘lmaganda xususiy samolyotda parvoz qilishlariga ruxsat beriladi. YeK rasmiy vakili o‘rinbosari Mina Andreyevaning aytishicha, bu holatda "rais jadvaliga mos keluvchi reyslar bo‘lmagan" va shu sababli xususiy samolyot xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri kelingan.

Biroq telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Bryusseldan Rimga har kuni 8 ta reys amal oshiriladi.

Mavzuga oid
Top