Facebook yangi Watch videoplatformasi ishga tushirilganini e'lon qildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i tez orada Watch videoplatformasi ishga tushirilishini e'lon qildi. U turli tomosha va mualliflik shoulari, jonli efirlarni videobloglarga joylashtirish uchun qo‘llaniladi. Bu haqda kompaniyaning axborotida ma'lum qilingan.
"Biz Watch – yangi platformasini taqdim etamiz. U Facebook tarmog‘ida videolavhalarni namoyish etishga mo‘ljallangan. Platformadan mobil telefon, stol kompyuteri va noutbuklar, shuningdek, televizorlar uchun ilovalar orqali foydalanish mumkin", - deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, mashhur YouTube videoxostingidan farqli ravishda Watch xizmatidan faqat mualliflik tomoshalarida foydalanish mumkin bo‘ladi. Buning uchun kompaniya bilan hamkorlik kelishuvlariga erishish talab etiladi. TechCrunch portali ma'lumotlariga ko‘ra, agar muallif reklama lahzalarini e'tiborga olsa, uning 45 foiz daromadi Facebook kompaniyasiga o‘tadi.
Press-relizda yozilishicha, yangi platformada bir nechta bo‘lim bo‘ladi.
Yangi xizmatdan dastlab AQSh fuqarolari foydalana olishadi. Keyinchalik u boshqa mamlakatlarga ham joriy etiladi. Uning qachon ishga tushish muddatiga oydinlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024