17:52 / 10.08.2017
5878

Iroq bosh vaziri jazirama ob-havo tufayli dam olish kuni haqida e'lon qildi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy mamlakatda payshanba, 10 avgustni dam olish kuni, deb e'lon qildi. Bunga sabab – mamlakatda jazirama ob-havo kuzatilmoqda.

«Bosh vazir Haydar al-Obodiy payshanba kuni ish kunini bekor qilish haqida rasman qaror chiqardi. Bu havo haroratining ko‘tarilishi tufayli yuz berdi», - deya xabar qilgan Iroqning IMN telekanali.

Ta'kidlanishicha, Bag‘dod shahrida havo harorati Tselsiy bo‘yicha 50 daraja issiqni tashkil etgan.

Avvalroq Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasining Iroqdagi Erbil shahriga yo‘l olayotgan samolyoti jazirama ob-havo tufayli Turkiyada favqulodda qo‘ngani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid
Top