Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda teraktlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan IShID a'zolari qamaldi
Qirg‘izistonda IShID terrorchilik tashkilotining uch a'zosi qamaldi. Ular mamlakatga teraktlarni amalga oshirish uchun kelishgan, deb xabar bermoqda 24.kg Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asosan.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Botken viloyat sudi kollegiyasi mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan ushlangan IShID a'zolariga nisbatan hukm chiqardi.
Xalqaro terrorchilik tashkilotining a'zolari mamlakat jinoyat kodeksining 6 moddasi bo‘yicha sudlandi. Ular 12 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilib, barcha mol-mulklari musodara qilindi.
Mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi idoralari tomonidan o‘tkazilgan aksilterrorchilik tadbirlarida xalqaro terrorchilik guruhining Qirg‘iziston hududidagi qo‘poruvchilik faoliyatiga chek qo‘yildi. Ushbu guruh tarkibiga Suriya va Iroqda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan va Qirg‘izistonga oddiy fuqarolarga nisbatan terrorchilik xurujlarini amalga oshirish maqsadida yuborilgan shaxslar kirgan.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026