12:42 / 10.08.2017
12890

«Paxtakor» yangi futbolchisini tanishtirdi

Toshkentnig «Paxtakor» klubi himoyachi Rostin Griffitsni ommaga tanishtirdi. Shu maqsadda jamoa stadionida matbuot anjumani tashkil etildi.

Asli kelib chiqishi ingliz bo‘lgan Rostin klub bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Toshkentliklar bosh murabbiyi Shota Arveladze shu bilan «Paxtakor»ning davralar oralig‘idagi transfer kampaniyasi nihoyasiga yetganini ma'lum qildi.

Griffitsning o‘zi shartnomaga qo‘l qo‘ygach, fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘zbekistonga kelganim ortga tashlangan qadam emas. «Paxtakor» o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoa. Shu sabab xam aynan Toshkent klubini tanladim», dedi Griffits.

Griffits yangi klubida 80-raqamli futbolkada to‘p suradi. Oldinroq uning yillik maoshi taxminan 600 ming dollar miqdorida bo‘lishi taxmin qilingandi.

Foto: Offsayd.Uz

 

Top