21:06 / 10.08.2017
9738

To‘rt nafar o‘zbekistonlik Ozarboyjon oliy ta'lim muassasasi talabasi bo‘ldi

To‘rt nafar o‘zbekistonlik Ozarboyjon ta'lim vazirligiga qarashli oliy o‘quv yurtlarining kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqida o‘zbekistonlik tarixchi olim hamda Ozarboyjon FA Tarix instituti faxriy doktori Shuhrat Barlos o‘zining Facebook'dagi sahifasi orqali ma'lum qildi. 

"Bugun juda xursandman! Birdaniga to‘rt shogirdim Ozarbayjon Respublikasining Ta'lim vazirligiga qarashli oliy o‘quv yurtlariga qabul qilindi", - deb yozadi u.

Manbaga ko‘ra, bir yigit va bir qiz «International Relations» ("Xalqaro aloqalar") fakultetida ingliz tilida, bir qizimiz «Tourism & Hospitality Management» ("Turizm va mehmonxona boshqaruvi") fakultetida fransuz tilida, yana bir yigit esa Ozarbayjon Respublikasi Konservatoriyasida Tor va Soz yo‘nalishi bo‘yicha ozarbayjon tilida ta'lim oladi.

"Hammasi o‘z kuchi bilan Ozarboyjondagi oliy o‘quv yurtlariga kirdi. Ota-onasiga yordam bo‘lsin deya shogirdlarimni turar joy va moddiy yordam bilan ta'minlashga harakat qilayapman. O‘zbekistonning eng iste'dodli va iqtidorli yoshlari mening shogirdlarim ekanligidan faxrlanaman. Dunyodagi eng baxtiyor inson - menman. O‘zbekligimdan g‘ururlanaman. Qandingni ur, o‘zbek!!!" deya so‘zlariga yakun yasaydi Shuhrat Barlos. 

Mavzuga oid
Top