O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tashkent City Xalqaro biznes markazini qurish bo‘yicha Ma'muriy kengashga rahbarlik qiladi. Aripov hukumatning tegishli qarorini imzoladi.
Xalqaro biznes markazining Ma'muriy kengashiga biznes markaz faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatilgan.
Tashkent City xalqaro biznes markazi Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari bilan tutash bo‘lgan hududda quriladi, uning loyihasi bir milliard dollarga baholanmoqda.

Hukumat tegishli vazirlik va idoralarga bir oylik muddatda Xalqaro biznes markaz hududida obektlar qurilishi uchun investitsion takliflarni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasini topshirdi.











