20:56 / 11.08.2017
16775

Britaniya sohillariga ulkan quvurlar chiqib qoldi

Foto: Twitter

Buyuk Britaniyaning sharqiy sohilbo‘yida, Norfolk grafligida ikkita ulkan plastik quvur aniqlandi. Voqea joyidan olingan videoni Euronews telekanali namoyish qildi.

Ta'kidlanishicha, quvurlar uzunligi bir necha yuz metrga, diametri esa 2 metrga yetadi. Hukumatning aytishicha, quvurlar Jazoirdagi yirik loyiha uchun mo‘ljallangan bo‘lgan, biroq tashilishi vaqtida dengizga tushib ketgan.

Quvurlar odamlar va atrof-muhit uchun hech qanday xavfga ega emas. Yo‘qolib qolgan quvurlar yaqin orada u ishlab chiqarilgan Norvegiyaga qaytariladi.

Ta'kidlash joizki, ushbu quvurlar sohil bo‘ylab sayr qilib yurgan odamlarni qo‘rqitib yuborgan. Bir keksa juftlik hattoki uni ajdarho deb o‘ylagan.

Mavzuga oid
Top