13:31 / 11.08.2017
3383

Komilov BMTning mintaqaviy markazi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

2017 yilning 11 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida forum mavzusi yuzasidan fikr almashildi.

Ta'kidlanganidek, mazkur uchrashuv joriy yilning noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik” nomli xalqaro konferensiyaning debochasi hisoblanadi. Mazkur tadbirga nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki dunyoning boshqa davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif qilingan va ular o‘z ishtiroklarini tasdiqlashdi.

Uchrashuvda mintaqa kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

Top