22:49 / 11.08.2017
15122

Lavrov: Boshqa davlatlar siyosatiga aralashish AQSh uchun an'anaga aylangan

Foto: duma.gov.ru

Moskva Vashingtonning Rossiyadagi saylovlarga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda TASS axborot agentligi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. 

Lavrovning aytishicha, “u AQSh elchixonasida qanday rejalar borligidan bexabar, biroq amerikalik diplomatlar qonunga xilof faoliyatni amalga oshirishda payqalgan ko‘plab holatlar bor”.

Lavrovning eslatib o‘tishicha, Vena konvensiyasiga ko‘ra, Rossiyada AQSh elchixonasi tomondan yollangan xodimlar faqatgina texnik ishni (haydovchilar, mashinistkalar, stenografchilar) bajarishlari mumkin va “diplomatik faoliyat” bilan shug‘ullana olmaydilar. “Biroq AQSh elchixonasining joyda yollangan xodimlari turli viloyatlarga borib, aholi o‘rtasida uning gubernator ishiga, umuman federal markazga qanday munosabatda ekanligi haqida so‘rovnoma o‘tkazganlari holatlari kuzatilgan. Bunday holatlarda biz amerikalik hamkasblarimizdan bu odamlar bilan xizmat aloqalarini uzishni so‘raymiz», deb aytgan Lavrov. 

“Fikrimcha, bu AQSh uchun an'anaga aylangan. Balki ular buni aralashuv deb ham hisoblamaslar, chunki ularga hamma narsa mumkin va bu ularning qonida bor. Umid qilamanki, bizning nomimizga aytilgan bu ayblovlardan (Rossiyaning AQSh prezidenti saylovlariga aralashuvi haqida) keyin – chunki 10 oy ichida buning birorta isboti keltirilmagan – bu mavzuning Amerika yuqori doiralari uchun barcha o‘tkirligi ularni yana bir bor o‘ylab ko‘rishga majbur qiladi”, deb aytgan Lavrov. 

10 sentabrda Rossiyada regional va munitsipal darajadagi 5,8 mingta saylov bo‘lib o‘tadi. Shundan keyin yarim yil o‘tib, ya'ni 2018 yil mart oyida Rossiya prezidenti saylovlari o‘tkaziladi.

Top