09:47 / 11.08.2017
5419

Londonda ikki qavatli avtobus do‘konga borib urildi

Foto: Twitter/@london fire brigade

10 avgustda Londonda ikki qavatli avtobus yo‘lovchilari bilan birga Uondsuert tumanidagi do‘kon binosiga borib urilgan. Oqibatda bir necha kishi jabrlangan.

“Bugun ertalab atobus Battersidagi Lavander-Xillda joylashgan do‘konga borib urildi. Voqea joyiga ikkita o‘t o‘chirish mashinasi va uchta o‘t-o‘chirish-qutqaruv bo‘linmasi chiqib ketdi”, deb aytilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, avtobus haydovchisi mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Avariya oqibatida jarohat olgan 6 nafar yo‘lovchiga voqea joyida tez tibbiy yordam xodimlari tomondan yordam ko‘rsatilgan.

Ta'kidlanishicha, avtobusning ikkinchi qavatida qolib ketgan ikki yo‘lovchini qutqarish uchun maxsus narvon qo‘llashga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, voqea oqibatida bino fasadi qulab tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyida vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlar olib borishgan.

Mavzuga oid
Top