09:16 / 11.08.2017
5898

OAV: IShID AQShdagi hamtovoqlariga eBay orqali pul yuborgan

Amerikalik tergovchilar global moliyaviy tarmoqni fosh etishdi. U IShID terrorchilik guruhidagi yuqori mansabli shaxslar tomonidan boshqarilgan bo‘lib, AQShdagi hamtovoqlariga eBay internet-do‘konidagi soxta tranzaksiyalar orqali mablag‘lar yuborib turgan. Bu haqda Fox News Qo‘shma Shtatlar Federal qidiruvlar byurosiga asosan xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, terrorchilarning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi ehtimoliy sherigi bir yil avval Merilendda hibsga olingan. Bu FQB xodimlari uni moliyaviy tarmoqqa aloqadorlikda gumonlashgandan so‘ng yuz bergan.

Avvalroq Qirg‘izistonda teraktlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan IShID a'zolari qamalgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top