Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy yonida Trampga o‘xshash ulkan puflangan jo‘ja shakli o‘rnatildi
Oq uy yonida soch turmagi AQSh prezidenti Donald Trampnikini eslatuvchi, balandligi 10 metr keladigan puflangan jo‘ja shakli o‘rnatildi. Bu haqda VICE News xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, avvalroq puflangan jo‘ja shakli Trampning soliq deklaratsiyasini chop etishini talab qilgan namoyishchilar tomondan qo‘llangan. Trampni eslatuvchi jo‘jani Oq uy oldida o‘rnatishni rejissyor Taran Singx Bra taklif qilgan.
“Biz bu yerda prezidentni zaif va besamar yetakchi sifatida tanqid qilgani yig‘ildik. U o‘z soliq deklaratsiyasini chop etishdan juda qo‘rqadi”, deb aytgan rejissyor hamda ayni vaqtda Tramp “Shimoliy Koreyani kim birinchi bo‘lib yo‘q qiladi?” degan o‘yinni boshlaganini ta'kidlab o‘tdi.
Aytish joizki, Trampning o‘zi hozirda Oq uyda bo‘lmay, Nyu-Jyersidagi golf-klubida ta'til o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
09:09 / 16.01.2026
“Eronda 800 ta qatl to‘xtatildi”: Oq uy Trampning bayonotini izohladi
16:06 / 01.12.2025
Oq uy saytida OAV uchun “sharmandalar zali” ochildi
08:30 / 27.11.2025