16:40 / 11.08.2017
8632

Rossiyalik quruvchilar Ukraina hududini kesib o‘tuvchi temir yo‘l ishini tugatdi

Foto: Sputnik

Rossiyaning temir yo‘l qurilish kompaniyasi juma kuni Ukraina hududini bosib o‘tuvchi mahalliy temir yo‘lning qurilishi yakunlangani ham ekspluatatsiyaga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Umumiy uzunligi 122 kmni tashkil etuvchi mazkur loyiha Rostov-Voronej hududlarini yanada yaqinlashtiradi. Loyiha 2014 yili start olgan bo‘lib, yo‘lning bir necha qismi Ukraina hududini kesib o‘tuvchi texnik jihatlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Ayni paytda temir yo‘l mutaxassislar tomonidan sinovdan o‘tkazilmoqda, joriy yilning kuz oylarining so‘nggida u ishga tushishi rejalashtirilgan.

Bundan avval, Rossiya Transport vaziri Maksim Sokolov «ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning qay tarzda kechishidan qat'i nazar, loyiha davom» etishini bildirgan edi.

Ma'lumot uchun, 2014 yil mart oyida Qrim avtonom respublikasining Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi bilan rasmiy Kiyev Kremlga nisbatan munosabatlarining o‘zgartirgan. O‘tgan davr mobaynida Ukraina hukumati janubiy viloyatlardan biri hisoblangan Donbass hududida fuqarolar urushining davom etishida Moskva aybdor, deb kelmoqda.

Top