12:12 / 11.08.2017
13902

Saakashvili oilasi bilan Vengriyaga keldi

Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining xabar berishicha, Vengriyaga oilasi bilan kelgan. U bundan biroz vaqt muqaddam Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingandi.

«Oilamiz bilan Balaton ko‘liga keldik. Vengriya qiroli Andrash va uning rafiqasi, Ukraina malikasi Anastasiyaga qo‘yilgan haykal yonida», - deya yozdi u feysbukdagi sahifasida.

26 iyul kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi. Hukumatning tushuntirishicha, bunga sabab Saakashvili fuqarolikni olishda yolg‘on ma'lumotlarni taqdim etgan.

Saakashvilining o‘zi esa Ukraina fuqaroligidan mahrum qilinishini Rossiya uchun sovg‘a, deb atadi.

Top