16:37 / 11.08.2017
13239

Toshkentda 3 yigit va bir qiz 6 ming dollarni o‘mardi

2017 yilning 4 avgust kuni taxminan soat 21:00 larda Pulat Aydarov, Muhtaram Rajabova, Sanjarbek Ergashev va voyaga yetmagan Javohir Akbaraliyev o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumanidagi piyodalar yo‘lagida bo‘la turib, fuqaro Mahkamjon Maksudovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan 6.000 AQSh dollari miqdoridagi pullari va boshqa mulkini egallab olishgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik, ya'ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top