16:31 / 11.08.2017
13265

Xiaomi jahon bozorida Apple​'ni ortda qoldirib ketmoqda

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Q2 mahsuloti «aqlli» qo‘l soatlari bozorida Apple'nikidan ustun kelmoqda. Canalys kompaniyasi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida uning savdosi o‘tgan yilda kuzatilgan natijaga nisbatan 8 foizga oshgan.

Xiaomi shu davr ichida 3,5 million dona, Amerikaning Fitbit brendi esa 3,3 million dona mahsulotlarni o‘z egalariga yetkazib bergan. Apple kompaniyasi esa uchinchi pog‘onani egallab, 2,7 million dona «aqlli» soatlarni sotgan.

Shuningdek, Xiaomi joriy yilning ikkinchi choragida telefon bozorida ham sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Kompaniya PR menejyement Xiaomi kelgusi yil 100 million dona telefon mahsulotlarini sotuvga chiqarishini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top