18:04 / 12.08.2017
8390

Erdo‘g‘an Turkiya va Germaniya munosabatlari qachon yaxshilanishini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Berlin va Anqara o‘rtasidagi munosabat Germaniyada 2017 yilning sentabrida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridan so‘ng yaxshilanadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Turkiya yetakchisining ta'kidlashicha, ikki tomonlama munosabatlarning sovuqlashishi Yevropa ichidagi siyosat tufayli yuz berdi. Bu YeI davlatlariga saylovlardan avval xos bo‘ladigan narsadir.

«Fransiya va Avstriya ham ilgari shunday qilishgan, endi esa Germaniya shu strategiyadan foydalanayotganini ko‘rmoqdamiz. Ishonchim komilki, vaziyat saylovlardan so‘ng yaxshilanadi», - degan Erdo‘g‘an.

Avvalroq Germaniya moliya vaziri Erdo‘g‘anni ayblab chiqqandi.

Mavzuga oid
Top