12:43 / 12.08.2017
20694

Yillar o‘tib koreyslar shimoldan jiddiy xavfsiramoqda: go‘sht va oltinga talab ortmoqda

Foto: Metro

O‘tib borayotgan hafta davomida AQSh va Shimoliy Koreya rasmiylari orasidagi ziddiyat kuchayib borayotgani sari, janubdagi koreyslar yadroviy qurol zarbasining amalga oshirilishidan xavfsiramoqda. Aholi oltin va ovqat zaxirasini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Shimolga chegaradosh ma'muriy hududlarda favqulodda holat yuz berganda himoyalanish dasturi e'lon qilingan. Bir necha yillar davomida Pxenyan bildirib kelayotgan tahdidlarni inkor qilgan janubliklar endilikda bu real hodisaga aylanishidan qo‘rqib yashayapti.

Mamlakatda tayyor go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Combat Ration Inc. korxonasi (yillik daromadi 1,7 million AQSh dollariga teng) o‘tgan hafta davomida savdo hajmi 50%ga oshib ketganini ma'lum qildi.

"Shimoliy Koreya 2016 yil ilk yadroviy qurolini sinab ko‘rgan paytdan beri bunday vahima kuzatilmagan edi. Bu safar hammasi o‘zgacha bo‘lmoqda", - deydi korxona ijrochi direktori Yun Hi Yul.

Shuningdek, Shimoliy Koreya harbiylarining yadro quroli avgust oyining o‘rtalarida tayyor bo‘lishini ma'lum qilishi Janubiy Koreyadagi oltin savdosiga katta ta'sir o‘tkazdi. Aholi odatdagi talab kelib chiqmagan holda oltin sotib olishga urinmoqda.

Top