08:51 / 12.08.2017
5208

Qirg‘izistonda YeOIIning mahsulotlar xavfsizligiga doir yangi talablar kuchga kirdi

Foto: RIA "Novosti"

YevroOsiyo Iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida mahsulotlar xavfsizligiga rioya qilish bo‘yicha 18 ta texnik qoida Qirg‘iz respublikasida ham kuchga kirdi. Bu haqda respublika iqtisodiyot vazirligiga asoslangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qirg‘iziston 2015 yil avgustida YeOII a'zosi bo‘lgan edi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmasi Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy hudud negizida tashkil etilgan bo‘lib, 2015 yil 1 yanvardan faoliyat yuritmoqda. Hozirda unga Armaniston, Belorussiya, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a'zo. 

"12 avgustdan Qirg‘iziston hududida YeOIIning mahsulotlar sifatiga doir 18 ta texnik talablari kuchga kiradi. U mahsulotlarni ishlab chiqarishda ularning xavfsizligini ta'minlash, ekspluatatsiya, tashish va saqlashga doir yagona talablarni o‘rnatadi. Uning kuchga kirishi bilan milliy talablar o‘z kuchini yo‘qotadi", — deyiladi xabarda. 

18 ta texnik ko‘rsatkichlardan 8 tasi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini tartibga soladi, qolgani yengil va mebel sanoatiga doir. 

Mavzuga oid
Top