15:45 / 12.08.2017
14499

Mirziyoyev Si Tszinpinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga Shensi provinsiyasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va jarohat olishi munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirilgan maktub yo‘lladi.

Maktubda davlat rahbari “halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini, barcha jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketish tilaklarini” yetkazishni so‘radi.

Top