Xabar qilinishicha, Maduro 11 avgust kuni Oq uydan Tramp bilan telefon muloqoti o‘tkazish haqida so‘ragan.
Shu bilan birga, Amerika prezidenti ma'muriyatining ta'kidlashicha, Tramp Karakasni konstitutsiya va inson huquqlarini hurmat qilishga, shuningdek, o‘z xalqiga jabr-zulm o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirgan. Biroq Venesuela hukumati Amerika tomoniga quloq solmadi, deya qo‘shimcha qiladi Oq uy.
«AQSh Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlaydi. Prezident Tramp mamlakatda demokratiya tiklanganidan so‘ng Maduro bilan suhbatlashadi», - deyiladi Oq uy xabarida.
Avvalroq Maduro AQSh bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligini ma'lum qilgandi.











