21:20 / 13.08.2017
17309

"Naftalan" MDHning eng yaxshi sanatoriylaridan biri deya e'tirof etildi

Skyscanner yetakchi xalqaro sayyohlik qidiruv portali ekspertlari MDHning eng yaxshi sanatoriylari ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Ozarboyjonning "Naftalan" spa-mehmonxonasi ushbu ro‘yxatdan munosib joy oldi. Mutaxassislar "sanatoriyda dam olish - o‘tgan asr" qabilidagi gaplarga ishonmaslikni maslahat berishmoqda, deb yozadi Oxu.Az.

"Zamonaviy pansionatlar va sog‘lomlashtirish markazida barchasi yaxshi mehmonxonalardagi kabi, faqat barlar o‘rnida - mineral suvlar, loy va uqalash seanslari. Biz globusni aylantirib, 2017 yildagi reytinglar, narxlar va sanatoriy haqidagi fikr-mulohazalarni o‘rganib chiqdik va qulay sharoitlarda sog‘liqni tiklash imkoni mavjud bo‘lgan 11 sanatoriyni tanlab oldik", - deyiladi xalqaro turportal xabarida. 

11 sanatoriy orasida Naftalanda joylashgan "Chinor" spa-mehmonxonasi ham bo‘lgan. "Naftalanda quvurlardan neft chiqadi, lekin bu yonuvchan neft emas, davolovchi neftdir. Naftalan neftining shifobaxsh xususiyatlari haqida mashhur sayyoh Marko Poloning fikri diqqatga sazovor - dunyoda unga o‘xshashi yo‘q. Uning hidi o‘tkir va yoqimsiz, ammo shifobaxshlik xususiyatlariga shubha yo‘q. Biroz kulgili tuyulishi mumkin, lekin kurortda hatto kasalliklardan xalos bo‘lgan bemorlar qoldirgan hassalardan iborat muzey ham bor", - deya ta'kidlashadi mutaxassislar. 

"Agar neft bilan davolash usulini sinab ko‘rishga qaror qilsangiz, "Chinor" spa-mehmonxonasida to‘xtang. Bu - davolashga jiddiy yondashuvni saqlab qolgan, besh yulduzli mehmonxonaga aylantirilgan eski sanatoriy".

Mutaxassislar kunduzi naftalan vannalarini qabul qilishni, trenajyor zali va suzish havzasida ortiqcha vaznni yo‘qotishni, serqarag‘ay parkdagi haykallarni tomosha qilishni yoki Ganjaga ekskursiyaga chiqishni tavsiya qilishadi. "Kechki payt esa musiqachilarning jonli ijrosini o‘tkazib yubormang: torning jonli jarangini yana qayerda eshitish mumkin?"

Naftalandagi sanatoriyning narxlari haqida ham ma'lumotlar taqdim etilgan. Yetti kunga 613 manat (1 dollar, 1.70 manat atrofida) - bu davolash kursining minimal paketi. Davolash kurslarisiz shunchaki dam olmoqchi bo‘lsangiz, sutkasiga 76 manat kerak bo‘ladi.  

Naftalan kurorti Ozarboyjonning kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Ganja (Kirovobod) qadimiy shahridan 50 kilometr masofada, ekologik toza tumanda, qarag‘ay parki hududida, sun'iy ko‘l qirg‘og‘ida joylashgan. Parkning soya-salqin xiyobonlarida hordiq chiqarish va davolanish uchun qulay sharoit yaratilgan. 

Bugungi kunda Naftalan kurorti 70dan ortiq kasalliklarni takomillashtirilgan usullar bo‘yicha nafatalan vannalari yordamida, maksimal qulay sharoitlarda  davolaydi. Malakali, tajribali va yaxshi kayfiyat ulashuvchi jamoa asosiy maqsad - inson salomatligiga erishish uchun bor kuchini bag‘ishlaydi. 

Turli kasalliklarda naftalan vannalari bilan davolash usulining samarasi 1600dan ortiq ilmiy ish va monografiya, jumladan 270 dissertatsiya bilan tasdiqlangan. 

Naftalan nefti teri orqali so‘rilib, kappilyar qon oqimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, mayda tomirlarida qon aylanishini yaxshilaydi, qon tomirlarini kengaytiradi, qon ivishini pasaytiradi, fermentativ jarayonlar faolligini oshiradi, organizmning barcha funksiyalarini rag‘batlantiradi, mikrobga qarshi ta'sir etuvchi xususiyatga ega. 

Naftalanda davolanishning umumiy davomiyligi - 20 kungacha. Bu vaqt ichida bemorlar orada tanaffus bilan, mutaxassis shifokorlar nazorati  ostida 10-15 vanna qabul qilishadi. 

Naftalan vannalari 8-10 daqiqa davom etadi. Bemor 37-38 darajagacha isitilgan naftalan nefti bilan to‘ldirilgan vannaga joylashtiriladi. Neft teri orqali qonga so‘riladi va keyin ter bilan tashqariga chiqadi. Shunisi e'tiborliki, ter bilan birga organizmdagi barcha zararli moddalar ham chiqib ketadi.

Mavzuga oid
Top