19:58 / 14.08.2017
4699

Yevropa Ittifoqi chegaralarida noqonuniy muhojirlar soni uchdan ikki qismga kamaydi

Foto: AFP 2017 / Giovanni Isolino

Yevropa Ittifoqi davlatlari chegaralarida noqonuniy muhojirlar soni joriy yil boshidan uchdan ikki qismga kamaydi, deb aytilgan YeIning tashqi chegaralar xavfsizligi agentligi (Frontex) ma'lumotlarida. 

“2017 yilning birinchi 7 oyida aniqlangan noqonuniy muhojirlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uchdan ikki qismga, ya'ni 127 ming 100 nafargacha kamaygan”, deb aytilgan xabarda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, iyulda YeIning 4 ta asosiy migratsiya yo‘nalishlarida chegaralarni noqonuniy kesib o‘tishning 15,7 mingta holati aniqlangan.  

Frontex’da ta'kidlanishicha, Italiyaga kelayotgan muhojirlar soni iyul oyiga nisbatan yarmiga kamaygan, Ispaniya esa 2009 yildan beri eng og‘ir migratsiya bosimini boshidan kechirmoqda. 

Iyulda Nigeriya, Gvineya, Eritreya, Sudan fuqarolari markaziy O‘rta yer dengizi yo‘nalishida aniqlangan muhojirlar ichida eng ko‘p miqdorda bo‘lgan. Joriy yilning dastlabki 7 oyida nigeriyaliklar Yevropaga kelganlar orasida eng ko‘p bo‘lgan (Italiyaga dengiz orqali kelgan har oltinchi muhojir nigeriyalik bo‘lgan). Undan keyingi o‘rinlarda Bangladesh, Gvineya va Kot-d'Ivuar fuqarolari kelmoqda.

Gretsiyaga dengiz va quruqlik orqali kelgan muhojirlar soni iyulda 2,3 ming kishini tashkil qilgan va bu iyundagidan chorak qismga kam bo‘lgan. 2017 yilning dastlabki 7 oyida Gretsiyaga 15750 nafar muhojir kelgan, bu esa 2016 yilning shu davridagidan 90 foizga kamroqni tashkil qilgan.

Iyulda sharqiy O‘rta yer dengizi yo‘nalishida aniqlangan muhojirlar orasida suriyaliklar, iroqliklar va afg‘onlar ko‘pchilik bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top