21:04 / 14.08.2017
20615

Qarshi shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan yigit qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Joriy yilning 8 avgust kuni Qarshi shahar, 5-mitti tuman, 8-uyda yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan I.A. shu kuni soat 18:00larda uyida 45.000 so‘m pul evaziga Qarshi shahar 4-mitti tuman 20-uyda yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan R.Sh. va Kasbi tumani Pandiron qishlog‘ida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan U.Z.larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi.

Qarshi shahar IIB tomonidan fuqaro I.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top