Avvalroq NYT KXDR raketalari uchun dvigatellar Ukrainadan olingan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba'zi xorijiy OAV “Yujmash”ning raketa texnologiyalari Shimoliy Koreyaga berilgani bo‘yicha yolg‘on ma'lumot tarqatishni boshladi.

Turchinovning so‘zlariga ko‘ra, bu ma'lumot hech qanday asosga ega emas, hamda aftidan, “rus maxsus xizmatlari tomonidan qo‘zg‘atilgan”.

Uning ta'kidlashicha, Ukraina KXDRdagi hukmron rejimni “totalitar, xavfli, deb hisoblaydi hamda bu davlatga qarshi barcha sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi”.